Kafedra mudiri

Porubay Oksana Vitalevna

Telefon: +99893 482 48 48

Email: oksanaporubay@gmail.com


Kafedra haqida

Kafedra tarixi: TATU Farg‘ona filialida “Axborot xavfsizligi” kafedrasi 2019-yilda tashkil etilgan. Kafedraning maqsadi “Axborot xavfsizligi” sohalari bo‘yicha talabalarni tayyorlash va mamlakatdagi axborot texnologiyalari va xavfsizlik sohasi bo‘yicha mutaxassislar yetishtirib chiqarishdan iborat.

TATU Farg‘ona filialida 2016-yildan boshlab 60610300 (5330300)-“Axborot xavfsizligi”, 2023-yildan boshlab 60612100-“Kiberxavfsizlik injiniringi” bakalavr yo‘nalishlari va 2021-yildan 70610302 – Axborot xavfsizligi (Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va servis) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar o‘qitilmoqda.
Kafedrada talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va qo‘shimcha ta’lim olish maqsadida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “IT-Step”, “Kiber himoyachi”, “Digital words” “Elektronika va Robotatexnika” nomli fan to‘garaklari tashkil etilgan.

Kafedra tomonidan ta’lim beriladigan yo‘nalishlar:

Ta’lim shakli: Magistratura

  • 70610302 – Axborot xavfsizligi (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Ta’lim shakli: Bakalavr

Fanlar

  • Kiberxavfsizlik siyosati
  • Tahdid razvedkasi (MTF)
  • IOT Xavfsizligi (MTF)
  • Kriptotahlil (MTF)
  • Buzish va himoyalash prinsiplari (MTF)
  • Kriptografiya1
  • Boshqaruv tamoyillari
  • Kiberxavfsizlik asoslari
  • Web ilovalar xavfsizligi (MTF)
  • Stegonografik algoritmlar (MTF)
  • Kriptografiya2
  • Kiber-huquq va kiber-etika
  • Tarmoq xavfsizligi
  • Axborotni himoya qilishning dasturiy va apparat vositalari (MTF)
  • Kriptografiyaning matematik asosi

Kafedra tarkibi:

  • Porubay Oksana Vitalevna (kafedra mudiri)
  • Ibroximov Nodirbek Ikromjonovich (dotsent)
  • Turdimatov Mamirjon Mirzayevich (dotsent)
  • Xusanova Moxira Qurbonaliyevna (katta o‘qituvchi)
  • Raxmatov Rasuljon Ravshanjon o‘g‘li (assistent)
  • Sadirova Xursanoy Xusanboy qizi (assistent)
  • Muxtoriddinov Muhammadyusuf Temirxon o‘g‘li (assistent)
  • Mo`minov Kamolxon Ziyodjon o‘g‘li (assistent)
  • Arabboyev Alisher Avazbek o‘g‘li (assistent)

O‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayorgan professor-o‘qituvchilar:

  • Muxtarov Farrux Muxammadovich (dotsent)
  • Umarov Shuxrat Azizjonovich (dotsent)
  • Tojimatov Dostonbek Xomidjon o‘g‘li (katta o‘qituvchi)
  • Mirzayev Jamshid Boymurodovich (katta o‘qituvchi)
  • G‘aniyeva Shaxrizod Nurmuhammadovna (assistent)
  • Umarov Abdumuxtor Mahammad o‘g‘li (assistent)
  • Raxmonov Ozodbek Shavkatjon o‘g‘li (assistent)
  • Abdullayev Abdurahmon Ravshanjon o‘g‘li (assistent)
  • Abdulhamidova Nilufar Qahramonovna (assistent)

Texnik-xodimlar:

  • Ismonaliyeva Nozima Ilhomovna (kabinet mudiri)

Hozirgi kunda kafedrada 18 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib, shu jumladan ulardan 7 nafari PhD va fan nomzodlari.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedrada axborot xavfsizligi yo‘nalishi doirasida tadqiqotlar olib borilmoqda va quyidagi raqobatdosh texnologik yechimlar ishlab chiqilmoqda:

  • “Shifrlash algoritmlari uchun kriptobardoshli mantiqiy va jadvalli akslantirishlar yaratish”;
  • “Mafkuraviy tahdidlar sharoitida “Kiberxavfsizlik asoslari” fanini o’qitish metodikasini takomillashtirish”;
  • “Texnika fanlarini o‘qitishda VR (virtual reality) texnologiyalarini yaratish va foydalanish metodikasi”;
  • “Axborotni himoyalashning gomomorfik shifrlash usullari va algoritmlari”;
  • “Nostatsionar texnologik obyektlarni muntazam usullar asosida identifikatsiyalash va boshqarish algoritmlari”

Bitiruvchilar

Bitiruvchi, axborot xavfsizligi bo‘yicha malakali mutaxassis, axborot xavfsizligi tizimlari va texnologiyalarini qurish, tadqiq qilish va ishlatish, aloqa tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish va xizmat ko‘rsatish, shuningdek dasturiy ta’minotni ishlab chiqish sohasida ishlashi mumkin.

Bizning bitiruvchilarimiz telekommunikatsiya va aloqa korxonalarida, bank sektorida, davlat va tijorat tashkilotlarida, sanoat xavfsizligi bo‘yicha ekspert tashkilotlarida, Ichki ishlar vazirligi bo‘limlarida, Davlat xavfsizlik xizmatida, shahar va viloyat ma’muriyatlarida va boshqalarda korxona tashkilotlarda axborot xavfsizligi mutaxassisi sifatida faoliyat yuritishadi.

Lavozim yo’riqnomalari: