Kafedra mudiri

Rayimjonova Odinaxon

Tel: +998902312244

E-mail: odinaxon@tatuff.uz

 

Kafedra tarixi

«Telekommunikatsiya» kafedrasi 2008 yil tashkil etilgan. 2008 -2009 yillar fizika-matematika fanlari nomzodi Z. Xaydarov, 2009-2010 yillar katta o’qituvchi U.U.Iskandarov, 2010-2013 yillarda  texnika fanlari nomzodi, dotsent O.Х. Qo`ldashev, 2013-2014 yillari kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi etib katta o’qituvchi A.Т.Abdullayev,

2014-2016 yillari katta o’qituvchi U.U.Iskandarov, 2016-2019 yillari dotsent N.M.Jurayev, 2019 yil mart oyidan texnika fanlari nomzodi, dotsent O.X.Qo’ldashovlar mudirlik lavozimlarida faoliyat olib bordilar. 2019 yil sentyabr oyidan boshlab, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) O.S.Rayimjonova kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda kafedra “Telekommunikatsiya injiniringi”  deb nomlanadi. Kafedra o`z faoliyati jarayonida O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg’ona viloyati hududiy boshqarmasi, “O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi Farg’ona, Andijon, Namangan filiallari, Elektromagnit moslashuv markazi, Andijon radioteleuzatish markazi, TTT filiali 2-bog’lanmasi bog`lanmasi kabi korxonalari hamda, TATU Farg’ona filiali qoshidagi akademik litsey, Farg’ona transport va servis texnikumi kabi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan. Hozirgi kunda kafedra “5350100-Telekommunikatsiya texnologiyalari”, “5330500-Kompyuter Injiniringi”, “5330600-Dasturiy Injiniring” “5350400-Axborot kommunikatsiya soxasida kasb ta’limi”, “5330300-Axborot xavfsizligi” bakalavr yo`nalishlari talabalariga 30 dan ortiq fanlardan va 5A350101-Telekommunikatsiya injiniringi magistratura mutaxasisligi talabalariga 4 ta fandan dars mashg’ulotlari olib boriladi. Kafedrada ta`lim va ishlab chiqarish jarayonining uyg`unligiga erishilgan. Ishlab chiqarishda katta tajribaga ega o`qituvchlar va ilmga chanqoq, ilmiy izlanishlarga layoqatli yosh o`qituvchilarning birgalikdagi faoliyati, ayniqsa, talabalarga yangi innovatsion texnika va texnologiyalarni o’zlashtirishida yaxshi natija bermoqda.

Kafedra “5350100-Telekommunikatsiya texnologiyalari” bakalavr yo`nalishi bo`yicha yosh kadrlar tayyorlashga ma`sul, chiqaruvchi kafedra hisoblanadi. Ushbu bakalavr darajasini olgan bitiruvchilar iqtisodiyotning barcha sohalarida, ayniqsa telekommunikatsiya sohasida ishlab, vatanimiz rivojiga o`zlarining hissalarini qo`shmoqdalar. Kafedraning moddiy-texnik  bazasi yildan yilga mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi kunda kafedrada “Elektronika va sxemalar”, “Elektronika va sxemalar”, “Raqamli qurilmalarni loyixalashga kirish” kabi fanlaridan amaliyot mashg`ulotlari va laboratoriya ishlarini o`tkazish uchun Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan keltirilgan zamonaviy stend va jihozlar, “Telekommunikatsiya tarmoqlari”, “Keyingi avlod konvergent tarmoqlari”, “Simsiz aloqa tizimlari”, “Tizimlar va signallarni qayta ishlash”, “Telekommunikatsiyada operatsion tizimlar” va boshqa fanlardan amaliyot mashg`ulotlari va laboratoriya ishlarini o`tkazish uchun soha korxonalaridan olib kelib o`rnatilgan qurilma va jihozlar mavjud. Kafedrada ilmiy ishlar va izlanishlar ham keng yo`lga qo`yilgan. 2019 yilda kafedra katta o`qituvchlari O. Rayimjonova TDTU professori Yu.G.Shipulin rahbarligida “Nazorat va boshqarish sistemalari uchun gaz oqimlarining parametrlarini gibrid o’zgartirgichlarini takomillashtirish”, R.A.Nurdinova FarPI professori A.M.Kasimoxunova boshchiligida “Generator tipidagi fotoqabul qilgich qurilmasini yaratish” mavzularida doktorlik dissertatsiya ishlarini himoya qildilar va PhD ilmiy darajasini oldilar. 2021 yilda kafedra assistenti N.Mamasodiqova esa TDTU professori I.X.Siddiqov rahbarligida “Moy ekstraksiyalash jarayoni texnologik parametrlarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimi” mavzusida ilmiy ishini himoya qildi. Kafedra professor – o‘qituvchilari respublika va xalqaro uslubiy seminarlar va anjumanlarning ishlarida faol qatnashib kelmoqda, hamda, yangi innovatsion texnologiyalar sohasida o’z izlanishlarini olib bormoqdalar.

Kafedra oldidagi vazifalar

“Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi jamoasining oldida turgan asosiy vazifalardan biri zamonaviy telekommunikatsiya uskunalariga xizmat ko’rsatuvchi, raqobatbardosh, yetuk kadrlarni yetishtirish hamda o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish vazifasi qo’yilgan. Hozirda kafedrada 5 ta dotsent, 5 nafar katta o’qituvchi, 11 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda.

Kafedra mutaxassislik yo’nalishlari:  

  • 60611000 – «Telekommunikatsiya texnologiyalari» (Telekommunikatsiyalar)
  • 70611001 – «Telekommunikatsiya injiniringi» (Teleradioeshittirish)

Kafedrada o’qitiladigan fanlar ro’yxati:

  1. Elektronika va sxemalar 1
  2. Signallar va tizimlar
  3. Axborot va kodlash nazariyasi
  4. Mikroprossesor va assimbler tili
  5. Tizimlar va signallarni qayta ishlash
  6. Raqamli logistika
  7. Pochta aloqasi infrastrukturasi
  8. Tarmoqlarni modellashtirish va simulyasiyalash
  9. Multimedia aloqa tarmoqlari
  10. T/MTF 1
  11. T/MTF 2
  12. T/MTF 3
  13. Elektronika va robototexnikaning elektron elementlari
  14. Elektronika va sxemalar2
  15. Elektromagnit maydonlar va to‘lqinlar
  16. Tanlov fan (TT 2- kurs)
  17. Trasport va bojxona logistikasi
  18. Metrologiya va standartlashtirish
  19. Mikroprotsessorlar
  20. Sxematexnika va mikroprosessorli tizimlar
  21. Tanlov fan (PAT 2- kurs)
  22. Pochta aloqasi texnologiyasi
  23. Simsiz tarmoqlar
  24. Optik aloqa tizimlari
  25. IT/Mutaxassislik tanlov fani 1
  26. IT/Mutaxassislik tanlov fani 2
  27. Elektronika va sxemalar
  28. Studiya va studiyadan tashqari eshittirishlarni tashkil qilish
  29. Amaliy TV tizimlari
  30. Axborot texnologiyalarida radioelektrin qurilmalarni loyihalash
  31. Optik aloqa tarmoqlari
  32. Keyingi avlod tarmoqlari

Kafedra professor-o’qituvchilar ro’yxati:

  1. Rayimjonova Odinaxon Sodiqovna kafedra – mudiri, dotsent.
  2. Nuridinova Roziyaxon Abduxaliqovna – dotsent
  3. Jo‘rayev Nurmuhammad Mamatovich – dotsent
  4. Jalilov Bahromjon Odiljonovich – dotsent
  5. Ismoilov Ma’murjon Muxtorjonovich – dotsent v.b
  6. Iskandarov Usmonali Umarovich – dotsent v.b
  7. Xalilov Muhammadmuso Muhammadyunusovich – katta o‘qituvchi
  8. Ergashev Shaxboz Umarali o‘g‘li – katta o‘qituvchi
  9. Dalibekov Lochinbek Rustambekovich – katta o‘qituvchi
  10. Jo‘rayeva Gulnoza Fazlitdinovna – katta o‘qituvchi
  11. Komilov Abdullajon Odiljon o‘g‘li – katta o‘qituvchi
  12. Tillaboev Muxiddin G’anijonovich – assistent
  13. Maxmudov Isroil Abdullayevich – assistent
  14. Xusanova Sohibaxon Shoirjon qizi – assistent
  15. Komilov Davron Rashidjon o‘g‘li – assistent
  16. Abdusamatov Xasanboy Abduraxim o‘g‘li – assistent
  17. Madaminov Muhriddin Ro‘ziboy o‘g‘li – assistent
  18. Tajibayev Ilhomjon Bahtiyorovich – assistent
  19. Yoqubov Shokirjon Shukrullo o‘g‘li – assistent

Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan professor-o’qituvchilar:

  • “Magistral turboprovodlardagi gaz va suyuqliklarni oqimini nazorat va diognostika qilishning texnik , algoritmik, dasturiy ta’minoti va uslublari” (O.Rayimjonova )
  • “PbTe, polikristall yupqa pardalarning strukturaviy, optik, fotoelektrik xususiyatlarini (M.Xalilov).
  •  “AFN-elementlarda fotoelektret xolat va uning amaliyoti (SI,AsGa,GaAs)” (L.Dalibekov)
  • Anomal foto kuchlanish jarayonini tadqiq qilish (N.Jo’raеv)
  • “Ma’lumot olish uchun lazerli mikrofonni tadqiq etish” (U.Iskandarov)
  • “Quyosh radiatsiyasidan oddiy yorug‘lik oladigan qurilma yaratish va ulardan xalq xo‘jaligida foydalanishning ilmiy texnik asoslarini aniqlash” (G.Jo’rayeva)
  • “Geotermal suvlar tarkibini nazorat qiluvchi optoelektron qurilmani ishlab chiqish” (Sh.Ergashev)
  • “Farg‘ona viloyati avtonom iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlashda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan kompleks foydalanish”  (M.Tillaboyev)
  • “Qishloq xo‘jaligi iste’molchilarini geotermal va quyosh energiyasidan foydalangan holda elektr energiyasi bilan ta’minlash” (A.Komilov)

Xo’jalik shartnomasi bo’yicha qilingan ishlar:

  • Viloyatdagi “O‘zbektelekom” AK bilan “Повышение эффективности функционирования систем электроснабжения предприятия телекоммуникации Ферганского филиала АК Узбектелеком с использованием алтернативных источников энергии” nomli 29.500.000 (yigirma to‘qqiz million besh yuz ming) so‘mlik TI-2/20 sonli (21.10.2020) xo‘jalik shartnomasi;
  • Farg‘ona viloyati Raqamli texnologiyalar markazi bilan «Разработка оптималных решений по использованию телекоммуникационных технологий в системе Интернет вещей» nomli 10.000.000 (o‘n million)  so‘mlik TI/2-21 sonli (22.11.2021) xo‘jalik shartnomasi;
  • «Повышение эффективности функционирования систем электроснабжения производственных объектов Ферганского филиала AK «UZBEKTELEKOM» с использованием алтернативных источников энергии» nomli 105.000.000 (bir yuz besh million)  so‘mlik  TI/1-21 sonli (24.11.2021) xo‘jalik shartnomasi.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan darslik va o’quv qo’llanmalar ro’yxati:

  1. O.Rayimjonova (kafedra mudiri) Развитие и применение методов систем допускового контроля и диагностирования параметров в производстве композиционных материалов на основе интеллектуальных технологий.
  2. G.Jo’rayeva (katta o‘qituvchi) Quyosh radiatsiyasidan oddiy yorug‘lik oladigan qurilma yaratish va ulardan halq xo‘jaligida foydalanishning ilmiy texnik asoslarini aniqlash
  3. N.Jo’rayev (dotsent ) Telekommunikatsiya tizimlarida texnik eksplutatsiya jarayonlarini optimallashtirish
  4. U.Iskandarov (dotsent) Masofali akustik axborot qidiruv lazer mikrofonini yaratish va tadqiq  etish
  5. R.Nurdinova (dotsent )Разработка термогенератора для медицинских устройств
  6. M.Xalilov (katta o‘qituvchi) PbTe polikristall yupqa qatlamlarning strukturaviy, optik va fotoelektrik xususiyatlari
  7. Sh.Ergashev (Katta o‘qituvchi) Geotermal suvlar tarkibini nazorat qiluvchi optoelektron qurilmani ishlab chiqish
  8. L.Dalibekov (katta o‘qituvchi) Linter ishchi kamerasi xom ashyo valigi uchun avtomatlashgan ta’minlagichni ishlab chiqish va parametrlarini asoslash
  9. M.Tillaboyev (assistant) “Комплексное исползование возобновляемых источников энергии для электроснабжения автономных потребителей Ферганской области”
  10. A.Komilov (katta o‘qituvchi) InAs yorug’lik nurlovchi diodlar asosidagi geothermal gazlarni nazorat qiluvchi optoelektron qurilma
  11. I.Maxmudov (assistant) Wi-Fi HaLow tarmoqlarida cheklangan kirish oynasi mexanizmining samaradorligini tahlil qilish
  12. M. Madaminov (assistant) Интеллектуальные оптоэлектронные преобразователи систем контроля и управления параметрами подвижных агрегатов
  13. Sh.Yoqubov (assistant) O’zbekiston Respublikasida IoT tarmoq standartlaridan foydalanish sohalarni samaradorligini oshirish.
  14. I.Tajiboyev (assistant) Tola-optik aloqa va radiotexnik qurilmalar parametrlarini moslashtirish va raqamli ishlov berish usullari
  15. X.Abdusamatov (assistant) Gamma nurlari ta’sirida bo’lgan AIGalnP geterostrukturalari asosida LED larning termik tovlanishi
  16. M.Ismoilov (dotsent) Muqobil energiya manbaalaridan foydalanib quyosh kollektorlarini ishlash tizimini takomillashtirish
  17. S.Xusanova (assistant) Suyuq muhit uchun optoelektron daraja o’lchagichlarning metrologik xususiyatlarini yaxshilashning texnologik usullari
  18. D.Komilov (assistant) Saralash moslamalarining ranglarini boshqarish tizimlari uchun aqlli ko’p parametrli optoelektronik konvertorlar.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan darslik va o’quv qo’llanmalar ro’yxati:

Lavozim yo’riqnomalari: